Bugun, 28-martdan Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Sirtqi ta’lim fakulteti tinglovchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi.
Ma’lumki, sirtqi ta’lim yo‘nalishiga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida uch yillik ish stajiga ega oliy hamda o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlar qabul qilinadi. Fakultetda oliy ma’lumotga ega xodimlar uch yil, o‘rta maxsus ma’lumotga xodimlar esa to‘rt yil davomida ta’lim olishi belgilangan. Joriy o‘quv yilida fakultetni oliy ma’lumotga ega 82 nafar tinglovchi tamomlab, “jinoyatlarning oldini olish va fosh etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha “yurist” malakasiga ega bo‘ladi.
Ichki ishlar vazirligi hamda ta’lim muassasasining tegishli buyruqlari talablari asosida o‘tkazilayotgan Yakuniy davlat attestatsiyasida tinglovchilar mutaxassislik va “Milliy g‘oya. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanlaridan imtihon topshirishmoqda. Jarayonlarning shaffof, xolis va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida imtihonlarga yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlik sohaviy xizmatlaridan tajribali mutaxassislar ham jalb qilingan.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari 2022-yilning 1-apreliga qadar davom etadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati