Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

BITIRUVÇILAR MAXSUS UNVON VA DIPLOM BILAN XIZMATGA YÖL OLDI

24 Iyun 2023, 18:29

2773

Içki işlar organlari uçun professional kadrlar tayyorlaş tizimi zamonaviy talablar asosida taşkil etilmoqda. Öqitişning ilğor yondaşuvlari, nazariya va amaliyot uyğunligiga qaratilgan yangiça mexanizmlar ta’lim sifatini oşirişga xizmat qilmoqda.

IIV Akademiyasida kursantlarning bitiruv marosimiga bağişlab ötkazilgan tadbirda ayni jihatlar alohida ta’kidlandi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati va boşqa davlat organlari vakillari, Içki işlar vazirligi rahbariyati, turdoş oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari, soha faxriylari, şuningdek Akademiya professor-öqituvçilari, bitiruvçilar va ularning ota-onalari iştirok etdi.

Saf maydoniga Akademiya jangovar bayroği olib kirilgandan söng öquv dargohi rahbari, polkovnik Rustam Xatamov barçani qizğin muborakbod etdi. Tadbir davomida kunduzgi ta’limni 7 ta ixtisoslik yönalişi böyiça tamomlagan 600 nafardan ortiq bitiruvçiga diplomlar topşirildi. Ular orasidan 24 nafar kursant imtiyozli diplom, yana 2 nafari “katta leytenant” maxsus unvoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda Içki işlar vazirining birinçi örinbosari Şavkat Rahmonov, Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov söz olib, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida xalqparvar ijtimoiy davlat barpo etiş, jamiyatda inson qadrini uluğlaş va qonun ustuvorligini ta’minlaşga yönaltirilgan izçil islohotlar, eng avvalo, ezgu maqsad bilan hayotga kirib kelayotgan yoşlardan ulkan mas’uliyat va salohiyat talab etişini ta’kidlab, şarafli xizmatga yöl olayotgan yoş xodimlarga muvaffaqiyat tiladilar.

– Biz, bitiruvçilar davlatimiz rahbarining “Odamlar içki işlar organlarining har bir xodimida öz himoyaçisini körişi kerak” degan da’vatlarini doimo yodda tutib, ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilişga, professional jihatdan ösib, xalqparvar içki işlar organi xodimi sifatida buyuk ajdodlarimizga munosib izdoş bölişga harakat qilamiz, – dedi safdoşlari nomidan minbarga kötarilgan leytenant Sevdiyor Abdunazarov.

Kötarinki ruhda ötgan tadbir barça ota-onalar qatori Muhayyo Sodiqovaga ham unutilmas taassurotlar ulaşdi. Uning farzandi Malika Örmonova ta’lim muassasasini “imtiyozli” diplom bilan tamomlab, şarafli yöl sari ilk qadamini taşladi. “Qizimning barkamol şaxs sifatida şakllanişida, erişgan köplab yutuqlarida, matonatli xodim bölib yetişişida bu dargohning örni beqiyos. Men unga ta’lim bergan barça ustozlariga minnatdorlik bildiraman. Işonçim komilki, yoşlarimiz davlatimizning yuksak e’tibori va ğamxörligini his qilib, zimmalaridagi ulkan vazifani munosib oqlaydilar”, dedi u.

Tadbir ona yurtimizni madh etuvçi qöşiq hamda bitiruvçilarning tantanavor marşi bilan yakunlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech