Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Bilim, maqsad va şijoat namoyon etiladigan jarayon

4 Iyul 2023, 21:01

3385

Ayni kunlarda IIV Akademiyasida “Abituriyent – 2023” imtihonlari bölib ötmoqda. Joriy yil 3 mingga yaqin nomzod ta’lim muassasasining kunduzgi ta’lim bakalavriatida öqiş istagini bildirib hujjat topşirgan.

Kiriş imtihonlari 2 bosqiçda – maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat tarzida amalga oşirilmoqda. Dastlabki bosqiçda har bir nomzodning salomatlik holati, yozma nutqi va savodxonligi, xorijiy tillardan birini qay darajada özlaştirgani hamda umumjismoniy tayyorgarligi sinovdan ötkazilmoqda. Yuqoridagi sinovlardan yetarli ballarni qölga kiritgan nomzodlar esa huquqşunoslik, Özbekiston tarixi va tarbiya fanlaridan ötkazilayotgan yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qöyilmoqda.

Aytiş joizki, imtihon jarayonlarini şaffof ötkaziş maqsadida nomzodlar uçun maxsus raqamlangan kartoçkalar joriy qilingan. Ya’ni har bir nomzod imtihonni mazkur kartoçka orqali topşiradi va uning şaxsiga doir ma’lumotlari oşkor qilinmaydi. Jarayon yakunida esa ular olgan ballar öqib eşittiriladi. Imtihonlar IIV sohaviy xizmatlari, yetakçi oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari hamda Akademiya professor-öqituvçilari tomonidan qabul qilinmoqda. Yana bir muhim jihati, tibbiy körikdan yakuniy suhbatgaça bölgan barça bosqiçlar onlayn vaqt rejimida videotasvirga tuşirilmoqda. Bu esa natijadan köngli tölmagan nomzodlarning murojaatlarini xolisona körib çiqişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ma’lumot örnida aytiş kerakki, joriy öquv yilida Akademiyaning kunduzgi ta’lim bakalavriatiga 7 ta – “tezkor-qidiruv faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “jazoni ijro etiş faoliyati”, “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlaş”, “taşkiliy-ştab faoliyati” hamda “probatsiya faoliyati” ixtisoslik yönalişlari böyiça nomzodlar qabul qilinadi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech