Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Betakror shoirga ehtirom

19 Mart 2022, 10:03

1507

Abdulla Oripov she’riyatining inson ruhiyatiga ma’naviy quvvat beradigan beqiyos qudrati bor. Shoir misralarini o‘qigan kishi uning buyuk so‘z sohibi ekanligiga tan bermay iloji yo‘q.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan adabiy kecha O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning ijodiga bag‘ishlandi. Tadbirda adabiyotshunos olimlar, Akademiya professor-o‘qituvchilari va ijodkor kursantlar ishtirok etdi. So‘z olganlar o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan shoirning hayoti, serqirra faoliyati, betakror ijodiy merosiga to‘xtalib o‘tdilar.

– Yurtimizda shoir she’rlari kirib bormagan xonadonning o‘zi yo‘q, – dedi filologiya fanlari doktori, professor Yorqinjon Odilov. – Atoqli adib ijodida insonni qadrini ulug‘lash g‘oyalari ufurib turadi. Bunda, eng avvalo, insoniylik, adolat, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, tabiatni sevish, ezgulik qilish kabi pok tuyg‘ular tarannum etilgan. Ayni jihatlari bilan Abdulla Oripov she’riyati kishini o‘ziga maftun etaveradi.

 Kechada yoshlar kamolotida adabiyotning o‘rni, shoir merosining ahamiyati haqida iliq mulohazalar bildirildi. Abdulla Oripov she’rlaridan yod aytilgani shoirning barhayot xotirasiga ulkan ehtirom bo‘ldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech