Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Beş taşabbus doirasida sport bellaşuvi ötkazildi

29 Noyabr 2022, 20:50

2333

Xalqaro nogironlarni himoya qiliş kuni munosabati bilan poytaxtimizning Yaşnobod tumanidagi közi ojiz va zaif köruvçi bolalar uçun ixtisoslaştirilgan “Nurli maskan” maktab-internatida sport musobaqasi ötkazildi.

Içki işlar vazirligi akademiyasining Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi taşabbusi bilan taşkil etilgan musobaqada yuz nafardan ortiq öquvçi qatnaşdi. Iştirokçilar dzyudo, yuguriş, uzunlikka sakraş va şaşka bahslari böyiça kuç sinaşdilar.

Musobaqa reglamentiga köra, sovrindorlar öğil bolalar va qizlar örtasida aniqlandi. Jumladan, dzyudo bahslarida Asadbek Husanov (55 kg), Nurdaulet Umrzovoq (+55 kg), Sevinç Hikmatova faxrli birinçi örinni egallagan bölsa, 60 metr masofaga yuguriş bellaşuvida Şerzod Mingboyev va Elnora Rahimjonovaga teng keladigan raqib topilmadi. Uzunlikka sakraş böyiça ğoliblik Mirabbos Mirjamolov va Nigora Yoqubjonovaga, şaşka bahslarida esa Sirojiddin Jabborov hamda Oydin Musaraliyevaga nasib etdi.

Ğolib va sovrindorlarni taqdirlaş marosimida maktab-internat direktori Rustam Safarov, IIV Akademiyasining Tarbiyaviy işlarni taşkil etiş bölimi boşliği, mayor Farhod Toştemirov va boşqalar söz olib, “Inson qadri uçun” tamoyili asosida közi ojiz va zaif köruvçi bolalarning ta’lim olişi hamda jamiyatga moslaşuviga kömaklaşiş maqsadida yaratilayotgan şart-şaroitlarni e’tirof etib ötişdi.

Musobaqa iştirokçilari medal, diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi. Şuningdek Xalqaro nogironlarni himoya qiliş kuni munosabati bilan bir guruh öquvçi yoşlarga IIV Akademiyasining esdalik tuhfalari topşirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech