Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Batafsil fikr almashildi

18 Aprel 2022, 11:04

1272

IIV Akademiyasining kunduzga ta’lim o‘quv rejasi asosida dars mashg‘ulotiga yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari jalb qilindi.

Ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy javobgarlikni ta’minlash fanidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda yo‘l harakati qoidalarini buzish uchun ma’muriy javobgarlikni ta’minlash mavzuida munozara yuritildi. Amaliyotda yuzaga kelayotgan holatlar bo‘yicha aniq misollar keltirilib, sohani takomillashtirishning o‘ziga xos jihatlari tushuntirib o‘tildi.

Kursantlar piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarini yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishning aniq mexanizmlarini belgilash, jazo muqarrarligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish, shuningdek yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech