19-iyul kuni Bangladeş Xalq Respublikasi Qurolli Kuçlari Milliy mudofaa admirali Moxammad Moyenul Haqu boşçiligidagi delegatsiya hamda Bangladeş Xalq Respublikasining Toşkentdagi elçixonasi va konsullik vakolatxonasi vakillari Içki işlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanişdi.
Dastlab Bangladeş Xalq Respublikasi Qurolli Kuçlari Milliy mudofaa admirali Moxammad Moyenul Haqu va Akademiya boşliği Rustam Xatamov örtasida uçraşuv bölib ötdi. Muloqot çoğida ikki davlat munosabatlarining ustuvor jihatlariga eʼtibor qaratildi.
Akademiya boşliği martabali mehmonni qutlar ekan, mamlakatimizda sönggi yillarda barça sohalar singari içki işlar organlarida ham keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotganligi, ayniqsa tizim uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaşda mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etilib, kadrlar tayyorlaş sifati yuksalib borayotganini alohida taʼkidladi.
Admiral Moxammad Moyenul Haqu samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, yurtimizdagi özgarişlar va yangilanişlarni yuksak baholab, ulkan islohotlar özining ijobiy samarasini berayotganini taʼkidladi.
Şundan söng mehmonlar Içki işlar vazirligi akademiyasida amalga oşirilayotgan yangilanişlar bilan tanişdilar. Milliy meʼmorçilik anʼanalari asosida qad rostlagan Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, ötmiş va zamon nafasi ufurib turgan Akademiya tarixi muzeyi mehmonlarda yuqori taassurot qoldirdi. Delegatsiya vakillariga taʼlim dargohining tarixi va rivojlaniş davrlari, sönggi yillarda bilim maskani hayotida röy bergan ulkan özgarişlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Admiral Moxammad Moyenul Haqu muzeyning faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.
Nazariya va amaliyot uyğunligini taʼminlaş, interfaol metod va yangiliklarni ommalaştiriş zamonaviy taʼlimning öziga xos xususiyatlari sanaladi. Delegatsiya vakillari sayyor sinfxona hamda kriminalistik ekspertizalarni ötkaziş uçun maxsus jihozlangan avtobuslarni közdan keçirişdi. Kursantlarning jinoyat sodir bölgan joyda amaliyot xodimlari iştirokida kasbiy könikmalarini oşirib borişlari yölga qöyilganligi xorijiy hamkorlarimizda katta qiziqiş uyğotdi. Akademiyaning Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasida şaxsiy tarkibning sport bilan şuğullanişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar mehmonlar tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Bangladeş delegatsiyasi aʼzolari Axborot-resurs markazida yaratilgan şaroitlar bilan taniştirilib, “Buyuk sohibqiron Amir Temur” hamda “Turon qoploni Jaloliddin Manguberdi” sinfxonalari kursantlar qalbida milliy ruh, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyğularini yana kuçaytiriş, buyuk ajdodlarimizdan faxrlaniş hissini yuksaltiriş, yoşlarning mardlik, jasurlik va fidoyilik fazilatlarini şakllantiriş maqsadida barpo etilgani ularning yuksak eʼtiroflariga sazovor böldi.
Şu yerning özida davlatimiz rahbarining qarorlari asosida içki işlar organlari uçun professional kadrlar tayyorlaş maqsadida taʼlim jarayonida yölga qöyilgan yangi mexanizmlar taqdimot tarzida namoyiş etildi.
Şuning bilan Bangladeş Xalq Respublikasi Qurolli Kuçlari Milliy mudofaa admirali Moxammad Moyenul Haqu rahbarligidagi delegatsiya aʼzolarining IIV Akademiyasiga amalga oşirgan taşrifi nihoyasiga yetdi.
IIV Akademiyasining Axborot xizmati