IIV Akademiyasining Avtomaktablar xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazida öquv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 27-mart kunidan qayta tayyorlaş kurslarining ikkinçi bosqiçi boşlandi. Maşğulotlarga respublikamizning barça hududlaridan 800 nafarga yaqin öqituvçi va haydovçi-yöriqçilar jalb qilingan.
Öquv jarayonlari IIV Akademiyasi, Toşkent davlat pedagogika universiteti, Toşkent davlat texnika universiteti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti singari yetakçi ta’lim muassasalarining tajribali professor-öqituvçilari tomonidan olib borilmoqda. Tinglovçilar “Avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş metodikasi”, “Avtotransport vositalarini xavfsiz boşqariş va harakat xavfsizligi asoslari”, “Yöl-transport hodisalarining tahlili, kelib çiqiş sabablari va profilaktikasi”, “Haydovçi madaniyati” va boşqa fanlardan zarur bilim va amaliy könikmalarga ega bölişmoqda.
Ikki haftalik maşğulotlar 72 soatni taşkil etib, tinglovçilar test şaklida oraliq va yakuniy nazorat imtihonlarini topşiradilar. Öquv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga esa diplom beriladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati