Ochiqlik, tezkorlik va xolislik

Yangiliklar

Amir Temur – vatanparvarlik timsoli

08 Aprel 2022, 07:04

3564

Buyuk bobomiz Amir Temurning serqirra faoliyati, mardligi, jasorati o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun chinakam namunadir. 

Sohibqiron tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlab Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir buyuk sarkardaning hayoti haqidagi film namoyishi boshlandi.   

So‘zga chiqqanlar Amir Temurning harbiy mahorati, saltanatni boshqarish strategiyasi, ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik homiysi sifatidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Bu borada “Temur tuzuklari” asari bobokalonimiz shaxsiyatini teranroq anglashda muhim tarixiy risola ekanligi ta’kidlandi. 

– Jahon ahli ulug‘ bobomizning bunyodkorlik fazilatlarini ham alohida e’tirof etadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, sohibqiron saltanat tasarrufidagi shaharlarda ulkan me’moriy obidalar barpo qildirgan. Poytaxt Samarqandning ilm-ma’rifat va madaniyat markaziga aylanishiga beqiyos hissa qo‘shgan. Shu bois, Amir Temur va temuriylar davri dunyo olimlarini hamon tadqiqotlar olib borishga undamoqda, – deydi Akademiyaning 2-bosqich kursanti Javohir Bafoyev.

Tadbir kursantlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi bilan davom etdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu