Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Amaliyotdagi muammolar va yoş xodimlar faoliyati örganilmoqda

20 Sentyabr 2023, 18:46

2073

Joriy öquv yilidan IIV Akademiyasi ta’lim jarayoniga yangi tizim joriy qilindi. Unga köra, ixtisoslik va yuridik kafedralarni respublikamizning har bir ma’muriy hududiga biriktiriş orqali hududiy içki işlar organlariga metodik yordam körsatiş hamda yoş xodimlar faoliyatini monitoring qiliş amaliyoti yölga qöyildi.

Ayni kunlarda malakali professor-öqituvçilardan iborat işçi guruhlar tomonidan joylarda örganişlar olib borilmoqda. Bunda hududlarning kriminogen holati, jinoyatçilikni jilovlaş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan birga, ta’lim muassasasini tamomlagan yoş xodimlarning xizmat faoliyati tahlil qilinib, mavjud muammolarning yeçimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar işlab çiqilmoqda.

– Yangi tizimning bir qator afzalliklari bor, – deydi Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Oybek Xolmöminov. – Birinçi navbatda, bu orqali ta’limning amaliyot bilan bevosita uzviyligini mustahkamlaşga erişiladi. Ikkinçidan, har bir hududning öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amaliyotga ilmiy asoslangan yondaşuvlar tatbiq qilinadi. Eng muhimi, örganişlar natijalari tahlili asosida ta’lim sifati va samaradorligi oşirib boriladi.  

Aytiş joizki, örganişlar davomida yoş xodimlar örtasida sörovnoma ötkazilib, ularning faoliyati, muammo va kamçiliklari, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etiş masalalari, yuzaga kelayotgan turli salbiy holatlarning sabab hamda şart-şaroitlari tahlil qilinmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech