Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliy natijadorlik – asosiy mezon

09 Mart 2022, 10:03

1279

IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan Yangiyo‘l shahridagi “Ramadon” mahallasining kriminogen ahvoli o‘rganilib, jinoyatchilikning ortishiga sabab bo‘layotgan omillar aniqlandi.

O‘tgan yil davomida mahallada o‘g‘irlik, firibgarlik, talonchilik, tan jarohati yetkazish va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan. Biroq profilaktik chora-tadbirlar natijasida aksariyat jinoyat va huquqbuzarliklar barvaqt oldi olinib, umumiy kriminogen vaziyat nisbatan yaxshilangan. Hozirda mahalla “sariq” toifadagi hududdan joy olgan.

Jinoyatlarning sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinganda, aksariyat hollarda doimiy ish o‘rniga band bo‘lmagan fuqarolar tomonidan ushbu illatlarga qo‘l urilgani, aholi orasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarining yetarli darajada olib borilmagani, mahalla yoshlari va aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilmagani, shuningdek ko‘p qavatli uylar atrofi kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olinmagani ma’lum bo‘ldi.

Ishchi guruhi tomonidan mavjud ahvol joylarga chiqqan holda o‘rganilib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Yangiyo‘l shahar hokimligi mutasaddilari, sektorlar vakillari va mahalla faollari bilan birgalikda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha “fuqarobay” ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Kezi kelganda aytish joizki, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash profilaktik ishlarni manzilli tashkil etishni taqozo etadi. Ishchi guruhi a’zolarining joylarda o‘tkazgan sayyor uchrashuvlari chog‘ida muammolarning amaliy yechimlari bilan birga, faoliyatda yuqori samaradorlikka erishishga ham alohida e’tibor qaratildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech