Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliyot xodimi mashg‘ulot o‘tdi

10 Mart 2022, 11:03

1256

Kursantlarga zamon talablari darajasida bilim berish, mutaxassislik bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv jarayoniga ichki ishlar organlarining tajribali xodimlari keng jalb etilmoqda.

Navbatdagi mashg‘ulotga IIVning Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakili taklif qilindi. Amaliyotchi xodim tomonidan transport vositalarini spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda boshqarganlik uchun javobgarlikni ta’minlash, boshqaruv huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga transport vositalarini haydashga yo‘l qo‘yishning huquqiy oqibatlari, tizimdagi islohotlar natijasida faoliyatga tatbiq etilayotgan chora-tadbirlar hamda xorij tajribasining o‘ziga xos jihatlari tushuntirildi.

Mashg‘ulot davomida IIV Akademiyasi kursantlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech