Jinoyat-protsessual qonunchilikchilikni takomillashtirish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? Amaliyotga tatbiq etilishi kutilayotgan mexanizmlar qaysi jihatlari bilan ahamiyatli?
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida shu kabi savollar atrofida munozara yuritildi. Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda soha mutaxassilari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va kursantlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik S.Oripov, Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik B.Rashidov mazkur sohadagi islohotlar, xususan, qonun ijodkorligi jarayonida amaliyotga joriy qilinishi kutilayotgan yangiliklarga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Kursantlar qonunchilikni xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati