Ochiqlik, tezkorlik va xolislik

Yangiliklar

Ham tanishuv, ham amaliyot

11 Mart 2022, 08:03

1442

IIV Akademiyasi magistraturasining “tashkiliy-strategik boshqaruv”  mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilari malakaviy amaliyot doirasida poytaxtimizdagi Sudyalar oliy maktabida bo‘ldilar.

Aytish joizki, Prezidentimiz tashabbusi bilan sudyalar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan oliy maktab faoliyati sudyalikka nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sud apparati xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yo‘naltirilgan.

Amaliy mashg‘ulot jarayonida Akademiya tinglovchilari sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy maktab faoliyati, o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlari, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar bilan tanishdilar.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu