Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiyaga Rossiya delegatsiyasi keldi

26 Aprel 2024, 05:04

484

22–25-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi IIVning Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sergey Ukolov boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda bo‘ldi.

Dastur doirasida mehmonlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga ham keldilar. Delegatsiya a’zolari dastlab o‘quv dargohi hayoti, ta’lim oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy infratuzilma obyektlari bilan tanishdilar. Axborot-resurs markazining o‘ziga xos milliy qiyofasi, buyuk ajdodlarimiz nomiga atalgan xonalar, ma’naviyat va ma’rifat markazidagi vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi maskanlar, magistratura faoliyati hamda ta’lim jarayonida yo‘lga qo‘yilgan boshqa ilg‘or yondashuvlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu kunning o‘zida tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya rahbari, politsiya general-mayori Sergey Ukolov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama rivojlanib borayotganini e’tirof etdi. O‘z navbatida, vakillarimiz Rossiyaning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari keyingi yillarda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab o‘tishdi.

Tomonlar hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, tajriba almashinuvini yanada faollashtirish, ta’lim oluvchilar yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek mintaqaviy va global ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech