Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

27 Noyabr 2023, 10:11

982

IIV Akademiyasining “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar muloqot klubida yig‘ildilar.

 Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar, ularni fosh etish xususiyatlari, tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish usullari muloqot mavzusi bo‘ldi. Soha vakillari amaliyotda to‘plagan tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar. 

* * *

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan viktorina yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlandi.

Kursantlarning huquqiy-siyosiy dunyoqarashini yuksaltirish, yangilangan Konstitutsiyamizga oid bilimlarini mustahkamlash, ularni yuksak daxldorlik tuyg‘usi bilan tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan bellashuvda 6 ta jamoa ishtirok etdi.

“Tanishuv”, “Savol-javob”, “Sahna ko‘rinishi”, “Sardorlar bellashuvi” shartlaridan iborat viktorina yakunida “Sanksiya” jamoasi g‘olib bo‘ldi.

* * *

Akademiya ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Jit kun-do federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar yurtimizda mazkur sport turini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tishdi. Tadbir jit kun-do bilan shug‘ullanayotgan yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishi bilan davom etdi. Shu kuni IIV Akademiyasi hamda Jit kun-do federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

* * *

IIVning Toshkent viloyatidagi akademik litseyi o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” qiziqarli o‘tdi. 

O‘quvchilar maskan hayoti bilan tanishib, ixtisoslik yo‘nalishlari, ta’lim jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy va sport ishlari faoliyati, yashash, ovqatlanish va hordiq chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ma’lumot olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech