Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

01 Dekabr 2022, 09:12

1041

IIV Akademiyasining Avtomobil tayyorgarligi kafedrasi tomonidan “Santosh Avto” avtomaktabida davra suhbati o‘tkazildi.

Maskan tinglovchilari uchun tashkil qilingan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni, Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, shuningdek sohaga doir qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy jihatlari haqida tushunchalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

* * *

Chet tillar markazi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan mashg‘ulot qiziqarli tarzda o‘tdi.

Mashg‘ulotda xorijiy tillarga qiziquvchi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda kursant yoshlar qatnashdi. Buyuk Britaniyada tajriba oshirgan malakali mutaxassis Abror Hafizov ingliz tili grammatikasi haqida tushuncha berib, tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasini amaliy topshiriqlar va o‘zaro muloqot orqali baholab bordi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech