Yoşlar – mamlakatimizda amalga oşilayotgan ulkan islohotlar tayançi. Ularning munosib ta’lim olişi, iqtidorini töla namoyon etişi uçun yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlar öz mevasini körsatmoqda.
Har yili “Scientific Academy” ilm-ma’rifat markazi tomonidan “Ta’lim iftixori” xalqaro tanlovini ötkazib kelinadi. Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a’zo mamlakatlar miqyosida ötkaziladigan tanlov yoşlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini qöllab-quvvatlaş, salohiyatini röyobga çiqariş, faol taşabbus va ğoyalarini rağbatlantirişga qaratilgan.
Bu yilgi tanlovda 4 mingdan ortiq yoşlar qatnaşdi. Kengaşga taqdim qilingan ilmiy işlar ikki bosqiçda körib çiqilib, yakunda 427 nafar iştirokçining ilmiy işi saralab olindi. Ular orasida IIV Akademiyasi kursanti Sabina Kamolova ham bor. Iqtidorli kursantimizning “Ozodlikdan mahrum qiliş jazosining öziga xos xususiyatlari” mavzusidagi maqolasi munosiblar qatorida e’tirof qilindi.
6-avgust kuni Samarqand şahrida ötkazilgan “Zamonaviy uzluksiz ta’lim sifatini oşiriş: intellektual ta’lim-tarbiya, innovatsiya va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida tanlov ğoliblariga “Ta’lim iftixori” esdalik kökrak nişoni, diplom va esdalik qimmatbaho sovğalari tantanali ravişda topşirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati