Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

XITOY JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI VAKILLARIGA SERTIFIKATLAR TOPŞIRILDI

7 Oktyabr 2024, 17:01

8682

IIV akademiyasida Xitoy Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari uçun taşkil qilingan öquv kursi yakunlandi.

Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda akademiya boşliği Rustam Xatamov hamda Jamoat xavfsizligi universiteti professori Li Szin boşçiligidagi talabalar iştirok etdi.

Aytiş joizki, ikki tomonlama hamkorlik memorandumi doirasida taşkil qilingan mazkur öquv kursi özaro tajriba almaşinuvini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi. Dasturga binoan, akademiyaning tajribali professor-öqituvçilari tomonidan turli mavzularga bağişlangan interfaol maşğulotlar ötkazildi. Talabalar Içki işlar vazirligi sohaviy xizmatlari, şuningdek, Toşkent şahar IIBB, Samarqand viloyati IIB va Toşkent viloyati IIBBda bölib, jamoat tartibini saqlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlaş faoliyatidagi ilğor yondaşuvlar, içki işlar organlari tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar bilan tanişdilar.

Bundan taşqari, mehmonlarni yurtimizning boy tarixi va turizm salohiyati bilan taniştiriş maqsadida poytaxtimiz hamda Samarqand şahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar, turli madaniy tadbirlar va sport musobaqalari taşkil qilindi.

Tadbirda akademiya boşliği söz olib, öquv kurslari Özbekiston – Xitoy örtasidagi köp asrlik riştalar va bugungi kunda yangi zamon ruhi bilan jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarning amaliy ifodasi bölganini alohida ta’kidladi. Öz navbatida, Jamoat xavfsizligi universiteti delegatsiyasi rahbari Li Szin Özbekistonga taşrif taassurotlarga boy ötganini mamnuniyat bilan e’tirof etdi.

“Biz nafaqat tajriba almaşdik, balki xalqlarimiz örtasidagi döstona aloqalar köp asrlardan buyon muştarak boğlanganiga amin böldik. Akademiya faoliyati bilan taniniş asnosida ta’limning innovatsion yondaşuvlari keng joriy qilingani, kursantlar uçun zamonaviy şaroitlar yaratilganiga guvoh böldim. Talabalarimiz ulkan salohiyatga ega professor-öqituvçilardan ta’lim olişdi. Buning uçun universitetimiz nomidan akademiya rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildirmoqçiman. Işonçim komilki, ta’lim muassasalarimiz örtasidagi hamkorlik va döstlik aloqalari yanada ravnaq topadi”, - dedi u.

Tadbir sönggida universitet vakillariga sertifikatlar topşirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech