Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

10-aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun

10 Aprel 2022, 09:04

1902

Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan poytaxtimizda barpo etilgan Adiblar xiyoboni yoshlarga ma’rifat ulashuvchi maskanlardan biridir.

Ko‘rkam xiyobonda adabiyotimiz darg‘alariga chuqur hurmat va ehtirom ramzi sifatida yodgorliklar o‘rnatilgan. Shular orasida xalqparvar adib Abdulla Qodiriyning ham haykali bor.

Bugun sevimli yozuvchimiz tavalludiga 128 yil to‘ldi. Shu munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari Abdulla Qodiriyning yorqin xotirasini yodga oldilar. Adibning ulkan ijodiy merosi yosh avlodni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda yuksak tarbiyaviy vosita ekanligi ta’kidlandi.

Zero, abadiyatga daxldor ajdodlarimizning porloq siymosi kelgusi avlodlar qalbida barhayotdir.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech