Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Fotogalereya

Yangi kengaş faoliyati yölga qöyildi

IIV akademiyasi huzurida “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlaş” ixtisosligi böyiça ilmiy darajalar beruvçi kengaş taşkil etildi.

Bu boradagi vazifalar davlatimiz rahbarining 2025-yil 22-yanvardagi “Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarşi kuraşiş sohasi uçun professional kadrlar tayyorlaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida nazarda tutilgan edi.

Endilikda kengaşga “12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”, “12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlaş. Probatsiya faoliyati” hamda “12.00.16 – Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlaş” ixtisosliklari böyiça dissertatsiya himoyalarini ötkaziş ruxsati berildi.

Fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvçi mazkur kengaş ilmiy tadqiqotlar salmoğini oşiriş hamda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaşga xizmat qilişi, şubhasiz.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech