Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Fotogalereya

Tayanç doktorantura va mustaqil izlanuvçilikka qabul boşlanmoqda

Joriy yilning 15-sentyabridan IIV Akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakultetining tayanç doktorantura va mustaqil izlanuvçilik yönalişlariga hujjatlar qabul qilinadi. 

Talabgorlar quyidagilarni taqdim etişlari kerak:

1) ariza yoki bildirgi (bevosita va yuqori turuvçi rahbar rozilik bildirgan va uning imzosi bilan tasdiqlagan holda);

2) Akademiya boşliği nomiga yozilgan yöllanma xat (yuqori turuvçi rahbar yoki uning örinbosarlari tomonidan imzolanib, talabgorning barça hujjatlari ilova qilingan holda);

3) 2 dona 4x6 şakldagi rasm va pasport nusxasi;

4) qisqaça biografik ma’lumotnoma (tarjimai hol);

5) oliy ma’lumot töğrisidagi diplomning nusxasi;

6) iş joyidan xizmat tavsifnomasi (imzolangan va ma’lumot uçun muhri bilan tasdiqlangan holda);

7) ilmiy işlar röyxati (imzolangan va ma’lumot uçun muhri bilan tasdqilangan holda) va ularning nusxalari;

8) ilmiy rahbardan rozilik xati.

Hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

 

IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan

keyingi ta’lim fakulteti

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech