Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Mustaqil izlanuvchilikka qabul haqida

Mustaqil izlanuvchilikka qabul haqida

IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

1) ariza (bildirgi) (bevosita va yuqori turuvchi rahbarning rozilik bildirgan va imzosi bilan tasdiqlangan holda);

2) Akademiya boshlig‘i nomiga yozilgan yo‘llanma xat (yuqori turuvchi rahbar yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanib, talabgorning barcha hujjatlari ilova qilingan holda);

3) pasport nusxasi va 2 dona 4x6 shakldagi rasm;

4) qisqacha biografik ma’lumotnoma (tarjimai hol);

5) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

6) ish joyidan xizmat tavsifnomasi (imzolangan va ma’lumot uchun muhri bilan tasdiqlangan holda);

7) ilmiy ishlar ro‘yxati (imzolangan va ma’lumot uchun muhri bilan tasdqilangan holda) va ularning nusxalari;

8) ilmiy rahbardan rozilik xati.

Hujjatlar 2022-yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.

 IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan

keyingi ta’lim fakulteti

 

 

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech