Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Fotogalereya

Maxsus imtihon topşiruvçilar diqqatiga!

Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) Rayosatining qarori bilan maxsus imtihonlarni qabul qiliş huquqiga ega bölgan taşkilotlar belgilangan.

Şunga köra, Içki işlar vazirligi akademiyasiga davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştiriş, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştiriş hamda ijtimoiy rivojlanişning ilmiy asoslari va amaliy yönalişlari fanidan maxsus imtihonni ötkaziş va qabul qiliş vakolati berilgan.

Şu munosabat bilan, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida dotsent va professor ilmiy unvonlariga talabgorlar 2026-yilning 15-noyabr kuniga qadar quyidagi hujjatlarni elektron hujjat aylaniş tizimi yoki https://t.me/+4D-mPdXSH8cxYzE6 telegram kanali orqali taqdim etişlari şart:

1) akademiya boşliği nomiga xat (HMQO xodimlari uçun tegişli taşkilot rahbaridan);

2) akademiya boşliği nomiga ariza (talabgor fuqaro nomidan);

3) ma’lumotnoma-obyektivka;

3) pasport yoki ID-karta nusxasi;

4) ma’lumot töğrisidagi diplom nusxasi;

5) ilmiy daraja diplomi nusxasi (agar mavjud bölsa);

6) ilmiy unvon diplomi nusxasi (agar mavjud bölsa).

Ma’lumot uçun: poytaxt Toşkent şahridan taşqari respublikamizning boşqa hududlarida faoliyat yuritayotgan talabgorlar imtihonlarni onlayn şaklda topşirişi mumkin.

Ilmiy kotib

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech