2024-yilning 8-avgust kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huzuridagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi M. M. Asqarovning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligidan “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida reabilitatsiya institutini takomillashtirish” mavzuida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiyasi muhokama qilinadi.
Muhokama axborot-resurs markazida soat 11:00 da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati