2024-yilning 5-iyun kuni IIV akademiyasida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
Unda IIV akademiyasi mustaqil izlanuvchisi T. X. Kurambayevning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Tanosil yoki OIV kasalliklari hamda OITSni tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish” mavzuidagi (yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun) dissertatsiyasi muhokama qilinadi.
Ilmiy seminar axborot-resurs markazida soat 15:00 da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati