Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Fotogalereya

IIV AKADEMIYASINING MAGISTRATURASIGA 2022/2023 ÖQUV YILI UÇUN QABUL E’LON QILINADI

Magistraturaning birinçi darajadagi “taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar:

1) oliy ma’lumotli bölişi;

2) ikkinçi darajadagi “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligi yoki muqaddam faoliyat körsatgan magistratura, Oliy akademik kurslar hamda Rahbar kadrlarni tayyorlaş fakulteti (oliy kurslari)ni tamomlagan bölişi;

3) içki işlar organlarida kamida 3 (uç) yillik amaliy iş stajiga ega bölişi;

4) sönggi 1 (bir) yil davomida quyidagi lavozimlar:

- Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi markaziy apparati va Içki işlar vazirligiga bevosita böysunuvçi tarkibiy tuzilmalar böyiça bölim boşliği, ularga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimlarda;

- Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Toşkent şahar va Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmalari, viloyatlar içki işlar boşqarmalarining apparatlari böyiça boşqarma boşliği, ularga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimlarda;

- tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari, içki işlar boşqarmalari (bölimlari) böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi, içki işlar boşqarmasi (bölimi) boşliği, şuningdek, jazoni ijro etiş muassasasi boşliği lavozimlarida xizmatni ötab kelayotgan bölişi şart.

Magistraturaning ikkinçi darajadagi “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar:

1) oliy ma’lumotli bölişi;

2) içki işlar organlarida kamida 3 (uç) yillik amaliy iş stajiga ega bölişi;

3) sönggi 1 (bir) yil davomida quyidagi lavozimlar:

- Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi markaziy apparati va vazirlikka bevosita böysunuvçi tarkibiy tuzilmalar böyiça boş inspektor, boş mutaxassis, yetakçi yuriskonsult, boş ekspert, öta muhim işlar böyiça tergovçi (tezkor vakil), muhim topşiriqlar böyiça inspektor, ularga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimlarda;

- Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Toşkent şahar va Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmalari, viloyatlar içki işlar boşqarmalarining apparatlari böyiça bölinma boşliqlari, ularga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimlarlarda;

- tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari, içki işlar boşqarma (bölim)lari bölim boşliqlari, ularga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimlarda;

- jazoni ijro etiş muassasalari bölim boşliqlari, ularga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa (davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimlari boşliqlaridan taşqari) lavozimlarda xizmatni ötab kelayotgan bölişi şart.

Içki işlar vazirligi ta’lim muassasalarining 1 yillik pedagogik (yurisprudensiya yönalişida) iş stajiga ega şahodatlangan professor-öqituvçilari ham magistraturaning ikkinçi darajadagi “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligiga hujjat topşirişlari mumkin.

Magistraturada öqiş istagidagi nomzodlarning hujjatlari elektron tartibda qabul qilinadi. Bunda nomzod magistr.akadmvd.uz manziliga zarur ma’lumotlarni kiritadi

va IIV Akademiyasi boşliği nomiga yozilgan bildirgining elektron nusxasini uşbu manzilga yuboradi. Bildirgi qabul qilingandan söng IIV Akademiyasi qabul komissiyasi kotibi tomonidan nomzodga bildirişnoma yuboriladi.

Magistraturaga öqişga qabul qiliş tanlov, teng huquqlilik va qabul qilişning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi bosqiçlarda taşkil etiladi:

1) hujjatlarni töplaş va örganiş;

2) maxsus kasbiy tanlov (umumjismoniy tayyorgarlik darjasini baholaş va nomzodning kompetensiyalarini diagnostika qiliş);

 3) yakuniy suhbat.

Hujjatlar 2022 yilning 1 aprelidan 1 may kuniga qadar qabul qilinadi.

IIV Akademiyasi qabul komissiyasi

 

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech