IIV akademiyasi 2024/2025 öquv yili uçun magistraturaning “taşkiliy-strategik boşqaruv”, “taşkiliy-taktik boşqaruv” hamda “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisliklari böyiça qabul e’lon qiladi.
Magistraturaning “taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar bakalavr darajasi yoki diplomli mutaxassis malakasi hamda qonunçilik hujjatlariga muvofiq “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligi diplomiga tenglaştirilgan (muqaddam faoliyat körsatgan magistratura, Oliy akademik kurslar hamda Rahbar kadrlarni tayyorlaş fakultetini tamomlagan) diplom, şuningdek, “podpolkovnik” maxsus unvoniga ega bölişi lozim.
“Taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassisligiga oxirgi bir yil davomida quyidagi lavozimlardan birini egallab kelayotgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi:
IIV markaziy apparati hamda vazirlikka bevosita böysunuvçi tarkibiy tuzilmalar böyiça – bölim boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;
Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBBlari, viloyatlar IIBlari apparatlari böyiça – boşqarma boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;
tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari, içki işlar boşqarmalari (bölimlari) böyiça – içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari, içki işlar boşqarmasi (bölimi) boşliqlari;
Jazoni ijro etiş muassasalari boşliqlari.
Magistraturaning “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar bakalavr darajasi yoki diplomli mutaxassis malakasi, şuningdek, “mayor” maxsus unvoniga ega bölişi kerak.
“Taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligiga oxirgi bir yil davomida quyidagi lavozimlardan birini egallab kelayotgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi:
Içki işlar vazirligi markaziy apparati va vazirlikka bevosita böysunuvçi tarkibiy tuzilmalar böyiça – boş mutaxassis, muhim topşiriqlar böyiça inspektor, yetakçi yuriskonsult, boş ekspert, öta muhim işlar böyiça tergovçi (tezkor vakil), boş inspektor, ularga tenglaştirilgan va ulardan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;
Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBBlari, viloyatlar IIBlarining apparatlari böyiça – bölinma boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;
tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari va içki işlar boşqarmalari (bölimlari) böyiça – tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari va içki işlar boşqarmalari (bölimlari) boşliğining örinbosarlari lavozimidagi xodimlar;
jazoni ijro etiş muassasalari böyiça – bölim boşliği, ularga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar.
Magistraturaning “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar tayanç oliy yuridik ma’lumot, şuningdek, ikki yillik amaliy xizmat stajiga ega bölişi kerak.
Akademiyaning bakalavriat ta’lim yönalişini imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvçilar “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisligiga istisno tariqasida tanlovlarsiz öqişga qabul qilinadi.
Magistraturada öqiş istagidagi nomzodlarning hujjatlari elektron tartibda qabul qilinadi. Bunda nomzod magistr.akadmvd.uz manziliga zarur ma’lumotlarni kiritadi va IIV Akademiyasi boşliği nomiga yozilgan bildirgining imzolangan elektron nusxasini uşbu manzilga yuboradi. Bildirgi qabul qilingandan söng IIV Akademiyasi qabul komissiyasi tomonidan nomzodga bildirişnoma yuboriladi.
Magistraturaga öqişga qabul qiliş nomzodlar uçun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov prinsiplari asosida quyidagi bosqiçlarda taşkil etiladi:
1) hujjatlarni töplaş va örganiş;
2) maxsus kasbiy tanlov (yozma iş hamda nomzodlarning kompetensiyalarini diagnostika qiliş);
3) yakuniy suhbat.
Nomzodlarning hujjatlari 2024-yilning 1-aprelidan 1-iyuniga qadar qabul qilinadi.
Ma’lumot uçun: Özbekiston Respublikasi IIV Moliyaviy va moddiy-texnik ta’minot departamenti, Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi, Idoraviy hamkorlik boş boşqarmasi boşqarmalari, axborot texnologiyalarni joriy etiş bölinmalari, Xalqaro hamkorlik boşqarmasi, Tibbiyot boşqarmasi, Jamoatçilik va OAV bilan hamkorlik boşqarmasi, Harbiy-safarbarlik boşqarmasi, Nazorat-taftiş inspeksiyasi, Interpolning Özbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari içki işlar organlari rahbar tarkibining tegişli lavozimlariga tayinlanişi uçun magistraturaning “taşkiliy-taktik boşqaruv” va “taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassisliklarida öqişi talab etilmaydi.
IIV akademiyasi Qabul komissiyasi