Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Fotogalereya

IIV AKADEMIYASI MAGISTRATURASIGA 2023/2024-ÖQUV YILI UÇUN QABUL E’LON QILINADI

IIV Akademiyasi magistraturasi 2023/2024-öquv yili uçun birinçi darajadagi “taşkiliy-strategik boşqaruv” hamda ikkinçi darajadagi “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisliklari böyiça qabul e’lon qiladi.

Magistraturaning “taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar bazaviy oliy ma’lumotga hamda qonunçilik hujjatlariga muvofiq ikkinçi darajadagi “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligi diplomiga tenglaştirilgan (muqaddam faoliyat körsatgan magistratura, Oliy akademik kurslar hamda Rahbar kadrlarni tayyorlaş fakultetini tamomlagan) diplomga, şuningdek içki işlar organlarida kamida beş yil amaliy xizmat stajiga ega bölişi kerak.

“Taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassisligiga oxirgi bir yil davomida quyidagi lavozimlardan birini egallab kelayotgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi:

IIV markaziy apparati hamda vazirlikka bevosita böysunuvçi tarkibiy tuzilmalar böyiça – bölim boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;

Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBBlari, viloyatlar IIBlari apparatlari böyiça – boşqarma boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;

tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari, içki işlar boşqarmalari (bölimlari) böyiça – içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari, içki işlar boşqarmasi (bölimi) boşliqlari;

vazirlik ta’lim muassasalari böyiça – ixtisoslaştirilgan maktab internati va akademik litsey direktorlari, şuningdek IIV Akademiyasi va Malaka oşiriş instituti boşliğining örinbosarlari, maslahatçisi va yordamçisi;

Jazoni ijro etiş muassasalari boşliqlari.

Magistraturaning “taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligi böyiça öqiş istagidagi nomzodlar bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga, şuningdek içki işlar organlarida kamida uç yillik amaliy xizmat stajiga ega ega bölişi kerak.  

“Taşkiliy-taktik boşqaruv” mutaxassisligiga oxirgi bir yil davomida quyidagi lavozimlardan birini egallab kelayotgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi:

Içki işlar vazirligi markaziy apparati va vazirlikka bevosita böysunuvçi tarkibiy tuzilmalar böyiça – boş mutaxassis, yetakçi yuriskonsult, boş ekspert, öta muhim işlar böyiça tergovçi (tezkor vakil), boş inspektor, ularga tenglaştirilgan va ulardan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;

Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBBlari, viloyatlar IIBlarining apparatlari böyiça – bölinma boşliği, unga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar;

tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari va içki işlar boşqarmalari (bölimlari) böyiça – tuman, şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalari va içki işlar boşqarmalari (bölimlari) boşliğining örinbosarlari lavozimidagi xodimlar.

jazoni ijro etiş muassasalari böyiça – bölim boşliği, ularga tenglaştirilgan va undan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar (davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimlari boşliqlaridan taşqari).

vazirlik ta’lim muassasalari böyiça – akademik litsey direktorining örinbosarlari, Akademiya va Malaka oşiriş institutining ilmiy-pedagogik xodimlari, şuningdek boş inspektor yoki ularga tenglaştirilgan va ulardan yuqori bölgan boşqa lavozimdagi xodimlar.

Magistraturada öqiş istagidagi nomzodlarning hujjatlari elektron tartibda qabul qilinadi. Bunda nomzod magistr.akadmvd.uz manziliga zarur ma’lumotlarni kiritadi va IIV Akademiyasi boşliği nomiga yozilgan bildirgining imzolangan elektron nusxasini uşbu manzilga yuboradi. Bildirgi qabul qilingandan söng IIV Akademiyasi qabul komissiyasi tomonidan nomzodga bildirişnoma yuboriladi.

Magistraturaga öqişga qabul qiliş nomzodlar uçun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov prinsiplari asosida quyidagi bosqiçlarda taşkil etiladi:

1) hujjatlarni töplaş va örganiş;

2) maxsus kasbiy tanlov (yozma iş hamda nomzodlarning kompetensiyalarini diagnostika qiliş);

3) yakuniy suhbat.

Nomzodlarning hujjatlari 2023-yilning 1-aprelidan 1-may kuniga qadar qabul qilinadi.

IIV Akademiyasi qabul komissiyasi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech