Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Fotogalereya

IIV AKADEMIYASI BAKALAVRIATINING KUNDUZGI TA’LIM ŞAKLIGA QABUL E’LON QILINDI

Joriy yilning 15-noyabr kunidan Içki işlar vazirligi akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim şakliga 2023/2024-öquv yili uçun qabul boşlandi.

 

Öqişga kimlar qabul qilinadi?

Akademiyaga yoşi 17 dan kiçik (qabul yilida 17 yoşga töladiganlar) va 25 dan katta bölmagan, şu jumladan, 25 yoşdagi umumiy örta, örta maxsus va professional ma’lumotga ega Özbekiston Respublikasi fuqarolari öqişga qabul qilinadi.

Bunda faqat Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining  akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvçilari, içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilari, şuningdek profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçilari qabul kvotasining 90 foizi böyiça qabul qilinadi.

Akademiyaga öqişga kiriş uçun nomzodlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Içki işlar organlarida xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi Nizom”da belgilangan talablarga javob berişi zarur.

 

Qanday hujjatlar talab etiladi?

Akademiyada öqiş istagini bildirgan nomzodning arizasi (nomzod xodim bölgan taqdirda bildirgisi) doimiy yaşaş joyi böyiça hududiy içki işlar organlarida qabul qilinadi. Bunda nomzod öz ariza (bildirgi)sida tanlagan ta’lim yönalişini körsatişi kerak.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- nomzod tomonidan qölda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

- anketa (ma’lumotnoma);

- harbiy xizmatga çaqiriluvçining qayd etilganligi töğrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi;

- öqiş, iş (agar öqiyotgan yoki işlayotgan bölsa) joyidan tavsifnoma;

- doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan joyidan soğligining holat haqida belgilangan namunadagi ma’lumotnoma (böy-basti körsatilgan holda);

- ota-onasining Akademiyaga öqişga kirişiga rozilik xati.

   

Öqişga qabul qiliş neçta bosqiçdan iborat?

  Akademiyaga öqişga qabul qiliş quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:

1) dastlabki tanlov;

2) maxsus kasbiy tanlov;

3) yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Dastlabki tanlov nomzodga tegişli hujjatlarni va uni tavsiflovçi ma’lumotlarni töplaş, nomzod töğrisidagi turli ma’lumotlar, şuningdek uning soğligi jihatdan öqişga yaroqliligini  aniqlaşdan iborat.

Dastlabki tanlov:

fuqarolar hamda IIV akademik litseylari bitiruvçilari uçun – ularning doimiy yaşaş joyidagi tegişli içki işlar organlarida;

harbiy akademik litseylar bitiruvçilari uçun – (hujjatlarni töplaş va örganiş tadbirlari) ularning doimiy yaşaş joyidagi tegişli içki işlar organlarida va (tibbiy körikdan ötkaziş tadbirlari) harbiy akademik litsey joylaşgan hududdagi içki işlar organlarida;

içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilari uçun – ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) ötkaziladi.

Nomzodlar vazirlik hamda içki işlar organlarida maxsus taşkil etilgan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy körikdan ötkaziladi. 

Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat IIV Akademiyasida bölib ötadi.

Maxsus kasbiy tanlov quyidagilardan iborat:

- hujjatlarni örganiş;

- tibbiy körikdan ötkaziş;

- yozma iş (bayon yoki inşo);

- umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş;

- çet tillarini özlaştirganlik darajasini baholaş. 

Şuningdek “ekspert-kriminalistika faoliyati” ixtisoslik yönalişi böyiça hujjat topşirgan nomzodlar uçun maxsus kasbiy tanlov quyidagi tadbirlarni öz içiga oladi:

- hujjatlarni örganiş;

- tibbiy körikdan ötkaziş;

- umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş;

- kimyo, fizika va matematika fanlarini özlaştirganligini baholaş.

Maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli ötgan nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qöyiladi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat huquqşunoslik, Özbekiston tarixi, tarbiya fanlari böyiça ötkaziladi.

Yuqoridagi bosqiçlardan muvaffaqiyatli ötgan nomzod Akademiya kursantlari safiga qabul qilinadi. Akademiyada öqiş muddati 3 yil bölib, unda “tezkor-qidiruv faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “jazoni ijro etiş faoliyati”, “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlaş”, “taşkiliy-ştab faoliyati” hamda “probatsiya faoliyati” ixtisosliklari böyiça kadrlar tayyorlanadi.

 

Eslatib ötamiz, Akademiyada öqiş istagidagi nomzodlarning ariza (bildirgi)lari 2023-yilning 15-fevral kuniga qadar doimiy yaşaş joyi böyiça hududiy içki işlar organlarida qabul qilinadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech