2023-yilning 24-mart kuni IIV Akademiyasida ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi M.M. Kalandarovning “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligidan “O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish” mavzuida yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilinadi.
Muhokama Axborot-resurs markazida soat 14:30 da boshlanadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati