2023-yilning 3-fevral kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda Akademiya doktoranti L.Yu. Yugay “Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda shaxsning biometrik identifikatsiyasidan foydalanish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar” mavzuida (“12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi) yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qiladi.
Dissertatsiya himoyasi Axborot-resurs markazida soat 14:30 da boshlanadi.
Ilmiy kengash