2023-yilning 14-mart kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlislari bo‘lib o‘tadi.
Unda Akademiya mustaqil izlanuvchilari X.B. Jamoldinov “Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish” (“12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi) hamda S.A. Abduqaxxorov “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida himoya huquqini ta’minlash” (“12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi) mavzuida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishlarini himoya qiladilar.
Dissertatsiya himoyalari Axborot-resurs markazida soat 11:00 da boshlanadi.
Ilmiy kengash