2023-yilning 9-iyun kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda Akademiya mustaqil izlanuvchisi M.M. Qalandarov “O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirish” (“12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi) mavzuida yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qiladi.
Dissertatsiya himoyasi Axborot-resurs markazida soat 14:30 da boshlanadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati