2022-yilning 15-oktyabr kuni IIV Akademiyasida navbatdagi ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Unda IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchilari L.Y.Yugayning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligidan yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda shaxsning biometrik identifikatsiyasidan foydalanishda innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi hamda A.H.Muhiddinovning “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligidan yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalari muhokama qilinadi.
Yig‘ilish Akademiya Axborot-resurs markazida soat 14:30 da boshlanadi.
Ilmiy seminar