2023-yilning 7-aprel kuni IIV Akademiyasida ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi F.A. Primovning “12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligidan “Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish” mavzuida yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilinadi.
Muhokama Axborot-resurs markazida soat 14:30 da boshlanadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati