2022-yilning 19-iyul kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi D.A. Tadjibaeva “12.00.08 Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligidan “Penitensiar muassasalarda mahkumlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishni takomillashtirish” mavzuida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qiladi.
Majlis Akademiya Axborot-resurs markazida soat 10:00 da boshlanadi.
Ilmiy kengash