Joriy yilning 29-iyun kuni IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni akademiya mustaqil izlanuvchisi H. D. Sarabekov yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ichki ishlar organlarining sektorlardagi faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari” mavzuidagi dissertatsiya ishini himoya qiladi.
Majlis axborot-resurs markazida soat 11:00 da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati