2025-yilning 15-may kuni IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda dissertasiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni akademiya mustaqil izlanuvchisi I. Karimov yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Diniy ekstremizm xususiyatidagi jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik jihatlari” mavzuidagi ilmiy ishini himoya qiladi.
Majlis axborot-resurs markazida soat 14:30da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati