Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jinoyatçilikni jilovlaş – islohotlarning boş maqsadi

5 Mart 2022, 19:15

2447

Bugun yurtimizda amalga oşirilayotgan ulkan islohotlar “Inson qadri uçun” degan ezgu tamoyilni röyobga çiqarişga xizmat qilmoqda. Ayni yönalişda jamoat tartibini saqlaş, mahallalarda jinoyatçilikni barvaqt oldini olişga ham alohida e’tibor qaratilyapti.

Yaqinda IIV Akademiyasi işçi guruhi tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumanida sayyor uçraşuvlar ötkazildi. Aholi bilan muloqotlar çoğida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuçaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Çunki ötgan yil mobaynida tumandagi ayrim mahallalarda öğirlik, talonçilik, firibgarlik, tan jarohati yetkaziş va boşqa turdagi jinoyatlar soni köpaygan. Uşbu jinoyatlarning köpi aholi gavjum joylar, xususan, savdo markazlari, köngiloçar maskanlar va bozorlar hududida sodir etilgan.

– Jinoyatçilikni jilovlaşning xalqçil mexanizmlari amaliyotga joriy qilinmoqda, – deydi işçi guruhi rahbari, polkovnik Ismoil Himmatov. – Hududlarni örganiş jarayonida huquqbuzarliklar profilaktika yönalişida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar tahliliy örganildi. Boisi, jinoyatçilikni barvaqt oldini olişda uşbu tizim samaradorligini yanada oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

Işçi guruhi vakillari tomonidan kriminogen vaziyati murakkab hududlardagi mavjud ahvol manzilli örganilib, içki işlar organlari rahbarlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlari iştirokida sotsiologik sörovlar ötkazildi. Xususan, profilaktika inspektorining bir kunlik xizmat faoliyati, jinoyatçilik körsatkiçi yuqori bölgan mahallalarda faoliyatni amalga oşiriş mexanizmlarining öziga xos xususiyatlari tahlil qilindi. Kelgusida kriminogen vaziyatni yaxşilaş, jinoyatlarning oldini oliş va jilovlaş işlarini samarali taşkil etiş böyiça aniq vazifalar belgilab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech