1-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qabul qilinganiga 27 yil töldi. Ötgan yillar mobaynida mazkur qonunning bosqiçma-bosqiç isloh qilingani natijasida mamlakatimiz jinoyat qonunçiligi liberal huquqiy tizim sifatida şakllandi.
Sana munosabati bilan IIV Akademiyasida ötkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Boş prokuratura, Oliy sud, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya va boşqa organlar vakillari, Davlat boşqaruvi akademiyasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilaş oliy maktabi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti kabi yetakçi oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislar, huquqşunos olim va ekspertlar, şuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Ta’kidlaş joizki, mustaqillikka erişgan dastlabki yillarda sud-huquq tizimini isloh etiş, jamiyat hayotiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar, xususan, uyuşgan jinoyatçilik, diniy ekstremizm, terrorizm, tovlamaçilik kabi jinoyatlarga qarşi kuraşişning mustahkam huquqiy poydevorini yaratiş dolzarb vazifaga aylangan edi. 1992-yil 8-dekabrda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingani jinoyat qonunçiligining huquqiy poydevorini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Şunga köra, 1995-yil 1-apreldan Özbekiston Respublikasining birinçi Jinoyat kodeksi amaliyotga kiritildi va unda sobiq ittifoq davridagi kodeksdan farqli ravişda milliy va umuminsoniy qadriyatlar mustahkamlab qöyildi.
– Mamlakatimiz sud-huquq sohasi izçil islohotlar davrini bosib ötdi, – dedi IIV Akademiyasi boşliği, polkovnik Rustam Xatamov. – Muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi asosida jinoyat qonunçiligining tubdan isloh qilingani insonparvarlik ğoyalariga tayangani va amaliy natijalari bilan xalqaro miqyosda ham ijobiy baholanmoqda.
E’tirof etilganidek, şaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiliş maqsadida sönggi beş yilda qonunçilikka bir qator özgartiriş hamda qöşimçalar kiritildi. Jinoiy javobgarlikning minimal 14 yoşdan belgilangani, “qamoq” jazosining bekor qilingani, ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qilişning eng kam muddati 1 oyga tuşirilgani, ilgari milliy qonunçiligimizda mavjud bölmagan ayrim turdagi jinoyatlar hamda majburiy mehnatga qarşi javobgarlikning amaliyotga tatbiq etilgani, 10 dan ortiq moddalar şaxsni javobgarlikdan ozod qilişga qaratilgan rağbatlantiruvçi normalar bilan töldirilgani va boşqalar şular jumlasidandir.
Ilmiy-amaliy anjumanda Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining birinçi örinbosari Bahriddin Valiyev, Toşkent davlat yuridik universiteti ixtisoslaştirilgan filiali direktori Abrorjon Otajonov, Toşkent davlat yuridik universiteti professori Qumriniso Abdurasulova, Jamoat xavfsizligi universiteti professori Bahrom Ahrorov, IIV Akademiyasi professori Rustam Kabulov va boşqa mutaxassislar sözga çiqib, jinoyat qonunçiligini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari böyiça ma’ruza qildilar.
Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yönalişlar asosida jinoyat qonunçiligini yanada liberallaştirişga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirilgani anjuman dolzarbligini yanada oşirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati