Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

YOŞLARDA SOĞLOM MAFKURA VA VATANPARVARLIK TUYĞUSINI ŞAKLLANTIRIŞ terrorizmga qarşi profilaktikaning muhim omili

9 Mart 2022, 13:04

3603

Bugungi kunda terrorizm va ekstremizm umumbaşariy muammoga aylandi. Uşbu global tahdidlarga qarşi kuraşiş borasida dunyo miqyosida keng kölamli tadbirlar amalga oşirilayotganiga qaramay, mazkur muammoga hali töliq yeçim topilgani yöq. Davlatimiz rahbari bu haqda töxtalib, «dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, sönggi yillarda kuçayib borayotgani ularga qarşi, asosan, kuç işlatiş yöli bilan kuraşiş usuli özini oqlamayotganidan dalolat beradi. Bu borada köp hollarda tahdidlarni keltirib çiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarşi kuraşiş bilangina çeklanib qolinmoqda», deya ta’kidlagan edi.

Terrorizm qanday niqobda bölmasin, uning zamirida insoniyatga zulm ötkaziş, begunoh odamlarning qonini tökiş, xalqning moddiy-madaniy boylik­larini yöq qiliş yotadi. Şuning uçun har qanday jamiyat terrorizmni mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga raxna soluvçi, tinç-osuda hayot tarzini izdan çiqaruvçi, inson huquq va erkinliklarini poymol etuvçi kuç sifatida qabul qilmoqda.

Şu bois hozirgi murakkab şaroitda aholini, ayniqsa, yoşlarni terrorizmning zöravonlikni, şafqatsizlikni tarğib qiluvçi ğoyalaridan himoya qiliş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Unga qarşi harbiy yöl bilan kuraşiş faqatgina qisqa muddatli ijobiy natijalar berişini hisobga olsak, jamiyat a’zolari ongiga soğlom mafkura va bunyodkor ğoyalarni singdiriş muhim vazifaga aylanadi. Ma’lumotlarga köra, terrorçilik, ekstremizm va zöravonlik bilan boğliq jinoyatlarning aksariyati 30 yoşga yetmagan yoşlar tomonidan sodir etilmoqda. Şu örinda davlatimiz rahbari tomonidan BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida globallaşuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi şaroitda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan umumlaştirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoşlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konvensiyasini işlab çiqiş taklifining ilgari surilgani neçoğlik hayotiy va ijtimoiy muhim voqelik bölganini alohida ta’kidlaş joiz.

Ommaviy axborot vositalari hamda internet jahon axborot tarmoği orqali unga qarşi kuraşişga qaratilgan profilaktik işlarni olib boriş, ayniqsa, ösib kelayotgan yoşlarni terrorizm va ekstremizm xurujlaridan asrab-avaylaş bu boradagi tarbiyaviy işlarning ta’sirçanligini yanada oşiradi. Yoş avlodni yuksak vatanparvarlik va buyuk ajdodlarimizga munosib vorislik ruhida tarbiyalaş jamiyatda buzğunçi ğoyalarga qarşi mustahkam mafkuraviy immunitetning hosil bölişiga zamin yaratadi.

Bilamizki, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiya­laş – davlat organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa taşkilotlarining köp bosqiçli, tizimli, maqsadli va muvofiqlaştirilgan faoliyatidir. Vatanparvarlik tuyğularini şakllantirişda yoşlarga yurtimizning şonli tarixi, uluğvor qudrati haqida ma’lumotlar beriş, Vatan ozodligi yölida qahramonlik körsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoşlarimizning ibratli hayotini keng tarğib qiliş, ilm-fan va madaniyatning eng sara namoyandalari bilan taniştiriş, özi tuğilib ösgan yurti, mahallasi va xonadoniga çeksiz izzat-ehtirom bilan munosabatda bölişni örgatiş juda katta ahamiyatga ega.

Ta’lim-tarbiya­ning milliy qadriyatlar uyğunligida töğri yölga qöyilişi har bir insonda ona yurtga mehr-muhabbat, millat va xalq oldidagi mas’uliyat va burçni ang­laş, öz yurtidan faxrlaniş hissini yuksaltiradi. Vatanparvarlik – şaxsni axloqiy şakllantirişning eng muhim tarkibiy qismi bölib, kişini mamlakat ravnaqiga, tili va madaniyatiga hurmat bilan qaraş, xalqimizning boy madaniy merosini asrab-

avaylaşga undaydi. Bir söz bilan aytganda, vatanparvarlik oliy fuqarolik pozitsiyasi bölib, davlat, xalq va jamiyat manfaatini öz manfaatidan ustun qöyiş demakdir.

Yoşlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirişga, eng avvalo, ösib kelayotgan yoş avlodni milliy ğoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiya­laş, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi şarafli va muqaddas burç ekanini çuqurroq singdiriş orqali erişiladi. Mazkur yönalişdagi faoliyatni yanada takomillaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan «Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiya­laş konsepsiyasi» hamda «Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiya­laş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi» tasdiqlandi.

Jamiyatda soğlom ma’naviy muhitni qaror toptiriş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş orqali yoşlarni turli yot ğoyalar ta’siridan xalos etiş, ularning huquqiy madaniyati va ongini yuksaltiriş, terrorizm va ekstremizmning jirkanç oqibatlari haqida ogohlikka çaqiriş içki işlar organlarining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Ayni masalada bir qator vazifalarni amalga oşiriş jamiyatda soğlom ma’naviy muhitni barqaror rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Birinçidan, öquv muassasalari, mahallalar, korxona va taşkilotlarda yoşlar, ayniqsa, uyuşmagan öğil-qizlar örtasida vatanparvarlik ruhida tarbiya­laşga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy işlarning ta’sirçanligini oşiriş zarur.

Ikkinçidan, turli ekstremistik oqimlarga qarşi kuraşişni yanada faollaştiriş orqali yoşlarning yot ğoyalarga qöşilib ketişining oldini oliş kerak.

Uçinçidan, ekstremis­tik oqimlar tarkibida sodir etgan jinoyati uçun jazo ötagan, hozirda tuzaliş yöliga kirgan va ozodlikka çiqqan şaxslar iştirokida aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini keng aholi örtasida tuşuntiriş lozim.

Törtinçidan, profilaktik çora-tadbirlar va huquqiy tarğibot tadbirlariga mahalla faollari, ta’lim muassasalari va davlat organlarining amaliy hamkorligini yanada mustahkamlaş yaxşi samara beradi.

Beşinçidan, ommaviy axborot vositalari va interent tarmoğida terrorizm va ekstremizmning jamiyat taraqqiyotiga tahdid soluvçi faoliyat ekanligi haqida tarğibot işlarini kuçaytiriş darkor.

Zero, Yangi Özbekistonning Uçinçi Renessans poydevorini mustahkamlaş hamda uning tadrijiy rivojlanişiga hissa qöşiş barça vatandoşlarimizning ezgu orzu umidlaridan biriga aylanmoği kerak. Uşbu uluğvor maqsadga erişiş yölida yoşlarga e’tibor va ğamxörlik körsatiş, barça sohalarda öz iqtidori va salohiyatini töliq namoyon etişi uçun zarur şaroit va imkoniyatlar yaratib beriş yoşlarning axloqiy ma’rifatini yuksaltiriş barobarida, «tafakkur uçun kuraş»ga xizmat qiladi. 

 

Rustam XATAMOV,

IIV Akademiyasi boşliği,

polkovnik.

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech