Voleybol böyiça içki işlar vaziri kubogi musobaqasida IIV akademiyasi erkaklar va ayollar jamoalari faxrli ikkinçi örinni egalladi.
Kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Jar” sport-soğlomlaştiriş majmuasida taşkil etilgan musobaqada vazirlik markaziy apparatiga qaraşli tarkibiy tuzilmalardan 26 ta jamoa qatnaşdi.
Qur’aga köra, jamoalarimiz “A” va “D” guruhlardan örin oldi. Finalga qadar ular Migrasiya va personallaştiriş departamenti, Tergov departamenti, Qorovul qöşinlari qömondonligi, Jamoat xavfsizligi departamenti va boşqa jamoalarga röbarö kelib, muhim ğalabalarni qölga kiritdi.
Murosasiz ötgan final bosqiçida har ikkala jamoamiz kiçik hisobda imkoniyatni boy berib, yakunda faxrli ikkinçi öringa sazovor böldi. Şu tariqa ğolib va sovrindorlar medal, diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati