Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLIŞ dolzarb va keçiktirib bölmas vazifa

31 Mart 2022, 22:38

3203

Bugun, 31-mart kuni Içki işlar vazirligi akademiyasida huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolariga bağişlangan ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi.

Vazirlik va idoralar ekspertlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari, huquqşunos olimlar va oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirok etgan anjumanda tizim faoliyati hamda amaldagi qonunçilikni takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Akademiya boşliği, polkovnik Rustam Xatamov söz olib, ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsad va vazifalariga töxtaldi.

– Sönggi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida tizimda keng kölamli islohotlar amalga oşirilib, içki işlar organlari faoliyatini mutlaqo yangiça mexanizmlar asosida taşkil etiş, tizimni ijtimoiy yönaltirilgan xalqparvar, xalqçil tuzilmaga aylantiriş ustuvor maqsad etib belgilandi, – dedi R.Xatamov. – Ayniqsa huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşirişda quyi böğinlarga alohida e’tibor qaratilayotgani mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, jinoyatçilikni jilovlaş, aholini qiynayotgan masalalarni joyida hal etişda, mamlakatimizdagi kriminogen vaziyatni barqarorlaştirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Anjumanda Içki işlar vaziri örinbosari Bekmurod Abdullaev, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boşliğining örinbosari Umida Abdullayeva, Yoşlar işlari agentligi boşqarma boşliği Şerzod Olimov, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boşqarma boşliği Akrom Toşpölatov, IIV Akademiyasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi boşliği Tölqin Mamatqulov, Toşkent davlat yuridik universiteti professori Salomat Niyozova, Xalqaro islom akademiyasi dotsenti Hamida Töyçiyeva va boşqalar sözga çiqib, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oşiriş va takomillaştiriş yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ta’lim muassasasi boşliği Rustam Xatamov anjuman yakunlari böyiça fikr bildirar ekan, respublikamizning kriminogen vaziyati murakkab hududlarida huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli va manzilli amalga oşiriş maqsadida Akademiya işçi guruhlari tomonidan ilmiy yondaşuv asosida işlab çiqilgan metodik tavsiyalar amaliyotga samarali tatbiq etilayotganini ta’kidladi.

Mutaxassislar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida yagona elektron axborot almaşinuvini tizimini joriy etiş, hududlarda kriminogen vaziyat tahlili asosida içki işlar organlari kuç va vositalarini maqbullaştiriş, axborot texnologiyalari va internet tizimidan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş kabi yönalişlarda taklif va tavsiyalar işlab çiqildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech