Mahallalarda osoyiştalikni ta’minlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, bu boradagi profilaktik tadbirlarni samarali taşkillaştiriş içki işlar organlarining xalqçil tuzilma sifatida şakllanişida muhim ahamiyat kasb etadi.
IIV Öquv-dala markazida bölib ötgan uçraşuv ham tizimda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, amaliyotga tatbiq qilingan yangiça yondaşuvlar, aholi bilan manzilli işlaşning öziga xos jihatlariga bağişlandi. Unda Içki işlar vazirligi vakillari, Akademiya professor-öqituvçilari va kursantlar iştirok etdi.
Oçiq muloqotda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, içki işlar organlari quyi böğinlari samaradorligini oşirişga qaratilgan izçil islohotlar, joylarda jamoat tartibini saqlaş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasida erişilayotgan natijalar, şuningdek tizimni malakali kadrlar bilan ta’minlaş masalalari xususida fikr almaşildi. Kursant yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
Tadbir sönggida IIV JXD HPX boşliği, polkovnik Baxtiyor Berdaliyev “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yönalişiga qabul qilingan kursantlarga tizim faoliyati yoritilgan qöllanmalarni sovğa qildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati