Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

TURKIYA POLITSIYA AKADEMIYASI VAKILLARI BILAN UÇRAŞUV

22 Fevral 2022, 19:50

2648

Şu kunlarda Turkiya politsiya akademiyasi vakillari yurtimizda mehmon bölib turibdi. Xorijlik mutaxassislar iştirokida “Inson resurslarini boşqariş” ta’lim dasturi doirasida seminar-trening maşğulotlari taşkil etiş rejalaştirilgan.

Maşğulot oldidan Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Rustam Xatamov turkiyalik mehmonlar bilan uçraşdi. Muloqot çoğida jahonda yuz berayotgan global özgarişlar, ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Ta’kidlab ötilganidek, Özbekiston va Turkiya munosabatlari bugungi kunda siyosiy-iqtisodiy, fan-ta’lim, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda jadal rivojlanmoqda. Ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvçi organlari xalqaro terrorizmga qarşi kuraşiş, uyuşgan va transmilliy jinoyatçilikning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş, kiberxavfsizlikni yönalişlarida muntazam hamkorlik qilib kelmoqda. Ayniqsa sönggi yillarda soha uçun professional kadrlarni tayyorlaşga yönaltirilgan dasturlar amaliyotga keng tatbiq etildi.

– Ta’lim sohasini rivojlantiriş Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yönalişlaridan biri sanaladi, – dedi R.Xatamov. – Hozirgi murakkab davrda xalqaro tajribaning ilğor jihatlarini örganmay turib, bu borada közlangan natijaga erişib bölmaydi. Turkiya politsiya akademiyasi bilan özaro tajriba almaşinuvining izçil davom etayotgani ta’limga ilğor yondaşuvlarni joriy etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Öz navbatida, Turkiya politsiya akademiyasi vakillari Ibrohim Ataç va Merve Ayşe Akbulut muştarak maqsadlar yölidagi amaliy hamkorlikdan mamnunliklarini bildirişdi.

Mehmonlarning e’tirofiça, xalqlarimiz örtasidagi qardoşlik riştalari köp asrlik tarix, azaliy döstlik va umumiy qadriyatlarga asoslangan. Özbekiston jadal taraqqiy topayotgan mamlakat sifatida barça jabhalarda ulkan yutuqlarni qölga kiritmoqda. Rivojlaniş tendensiyasining bunday tus olgani özining ijobiy natijalari bilan Turkiya jamoatçiligi tomonidan ham yuksak qiziqiş bilan qöllab-quvvatlanmoqda. Köp qirrali munosabatlarda yangi salohiyat va imkoniyatlarni işga soliş tomonlarning birdek manfaatiga xizmat qiladi.

  Uçraşuvdan söng mehmonlar Akademiyada amalga oşirilayotgan yangilanişlarni közdan keçirdilar. Tanişuv jarayonida öquv dargohining boy tarixi, rivojlaniş bosqiçlari, xususan, joriy yildan amaliyotga tatbiq etilgan öqitişning yangi va zamonaviy mexanizmlari, tinglovçi-kursantlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar haqida ma’lumot berildi.

– Bugungi kunda davlat sektorida inson resurslarini boşqariş, uning intellektual qobiliyatidan oqilona foydalaniş strategik vazifaga aylanmoqda, – deydi Merve Ayşe Akbulut. – Turkiyada yuqori salohiyatli kadrlarni tayyorlaş, milliy kadrlar zaxirasini şakllantirişga alohida e’tibor qaraladi. Çunki har bir soha singari politsiya tizimida ham yuqori samaradorlikka erişiş yetuk bilim va könikmaga ega xodimlarga boğliq. Seminar-trening davomida mazkur sohadagi ilğor tajribalar va zamonaviy yondaşuvlar böyiça kasbiy malakalar oşiriladi.

Aytiş joizki, 25-fevralga qadar davom etadigan seminar-trening maşğulotlariga IIV Akademiya professor-öqituvçilari bilan birga, Toşkent şahri va Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi sohaviy xizmatlaridan xodimlar jalb qilingan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech