Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori örinbosari, professor Umida Töxtaşeva Içki işlar vazirligi akademiyasi magistraturasi tinglovçilariga maşğulot ötdi.
Ma’ruzaçi korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasida davlat siyosatini ustuvor jihatlari, bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boşqa nodavlat sektor vakillarining samarali faoliyatini ta’minlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş masalalariga töxtaldi.
Maşğulot davomida içki işlar organlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi asosiy vazifalari, jamiyatda korrupsiyaning barça körinişlariga murosasiz munosabatni şakllantirişda profilaktik va huquqiy tarğibot tadbirlarining ahamiyati, uşbu illatni barvaqt oldini olişda oçiqlik va şaffoflik tamoyillarini ta’minlaş mexanizmlari atrofliça tahlil qilindi.
Tinglovçilar dolzarb masala yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati