2-mart kuni Içki işlar vazirligi akademiyasida “Terrorizmga qarşi kuraşişning universal normativ-huquqiy hujjatlarini takomillaştiriş yönalişlari” mavzuida davra suhbati ötkazildi.
Insoniyatga jiddiy xavf solayotgan terrorizmga qarşi kuraşiş tobora global tus olib, xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlaştirişni taqozo etadi. Özbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga qat’iy amal qilgan holda terrorizmning har qanday körinişlariga qarşi kuraşişda barça davlatlar bilan teng huquqli va özaro manfaatli hamkorlik qilib kelmoqda.
Sönggi yillarda bu borada kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilib, Özbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça 2021–2026 yillarga möljallangan Milliy strategiyasi qabul qilindi. Mutaxassislarning fikriça, mazkur strategiya Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, xalqaro huquq va Özbekiston Respublikasi xalqaro şartnomalarining umume’tirof etilgan tamoyil va normalariga asoslangan bölib, “Terrorizmga qarşi kuraş töğrisida”, “Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida” hamda “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonunlarining qoidalarini amalga oşirişga qaratilgan.
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toşkent filiali, Davlat xavfsizlik xizmati, Boş prokuratura hamda Içki işlar vazirligi akademiyalari vakillari, soha mutaxassislari va kursantlar iştirok etgan tadbirda terrorizmga qarşi kuraşiş sohasida davlat organlari faoliyatining ustuvor yönalişlari, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, ayniqsa terrorizmga qarşi kuraşişda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni takomillaştiriş masalalari qizğin muhokama qilindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati