O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi.
Mayor Isroilov Jamshid Dilshodovich Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi vazifasida faoliyat yuritgan.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati