Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sirtqi ta’lim zamonaviy yondaşuvlar asosida taşkil etilmoqda

25 Fevral 2022, 20:36

3925

Içki işlar vazirligi akademiyasida sirtqi ta’lim yönalişi davlatimiz rahbarining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori bilan taşkil etilgan edi.

Sirtqi ta’lim fakultetida içki işlar organlarida kamida uç yillik iş stajiga ega xodimlarning ta’lim olişi, öqiş muddati oliy ma’lumotga ega bölmagan şaxslar uçun tört yil hamda oliy ma’lumotga ega bölgan şaxslar uçun tölov-kontrakt asosida uç yilni taşkil etişi nazarda tutilgan. Bundan taşqari, Prezidentimizning 2021-yil 15-apreldagi “Içki işlar organlari uçun professional kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan Akademiyaning sirtqi ta’lim şakliga boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda Qurolli Kuçlarda kamida uç yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega bölgan harbiy xizmatçilar (xodimlar) tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinişi belgilandi.

Tizim oldidagi ustuvor vazifalardan kelib çiqib fakultetda ta’lim jarayonlari zamon talablari darajasida taşkil etib kelinmoqda. Öquv jarayonining samarali pedagogik yondaşuvlar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va interfaol metodlar yordamida ötkazilayotgani tinglovçilarning mutaxassislikka oid bilim hamda amaliy könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 3–23-fevral kunlari fakultetning 3-bosqiç tinglovçilari uçun navbatdagi öquv yiğini taşkil etildi. Yiğin davomida “Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasi. Fuqarolik jamiyati”, “Axborot xavfsizligi asoslari”, “Içki işlar organlarida boşqaruv va axborot-tahlil faoliyati asoslari”, “Içki işlar organlari tezkor apparatlarining noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça faoliyati”, “Tezkor-qidiruv faoliyati”, “Tergov faoliyati”, “Içki işlar organlari profilaktik faoliyati”, “Profilaktika inspektorining ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni yuritiş faoliyati”, “Jinoyat-ijroiya huquqi”, “Jinoyat-protsessual huquq”, “Kasbiy psixologiya” va boşqa fanlar doirasida jami 94 soatlik maşğulotlar ötkazildi. Dars maşğulotlariga ta’lim muassasasi professor-öqituvçilari bilan birga, içki işlar organlarining tajribali amaliyot xodimlari jalb qilindi.

Aytiş joizki, fakultetda tinglovçilarning global axborot-huquqiy va ta’lim resurslaridan foydalanişlari uçun barça imkoniyatlar yaratilgan. Bundan taşqari, ta’limning masofadan öqitiş tizimi ham keng tatbiq etilgan. Öquv yilining birinçi yarmida tasdiqlangan dastur asosida jami 60 soatlik onlayn maşğulotlar ötkazildi.

Mutaxassislarning fikriça, sirqti ta’lim yönalişida kadrlarni tayyorlaşdan maqsad içki işlar organlarining jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faoliyatini yanada takomillaştirişdan iboratdir.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech